Har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarning vajlari atroflicha tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ombudsman vakolatiga oid murojaatlar nazoratga olindi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Ombudsmanga ombudsman.uz rasmiy sayti hamda “Ombudsman.uz” mobil ilovasi orqali elektron shaklda murojaat yuborishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolar hududlarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega. Mintaqaviy vakillarning F.I.o., qabul manzillari, telefon raqamlari va qabul kunlari haqidagi maʼlumotlar ombudsman.uz saytining “Mintaqaviy vakillar” bo‘limida joylashtirilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






