Dastlab mazkur hududdan Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi hamda ochiq muloqotga tegishli davlat tashkilotlari va idoralari vakillari jalb etildi.
Tadbirda “Mirzadala”, “G‘alaba”, “Toshkent”, “Yerjar”, “Yangidala”, “Mustaqillik” va “Paxtazor” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish bilan birga, hudud uchun dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, mehnat munosabatlari, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlar, mahallalarda aholi bilan ishlash hamda bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bevosita mutasaddilarga savollar berib, huquqiy tushuntirishlar olishdi. Ko‘tarilgan masalalarni vakolatli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






