Xususan, mastlik holatida bo‘lmagan uch nafar shaxs punktda yetarli asoslarsiz ushlab turilgan. Ushbu holat o‘rganilganida, mazkur shaxslar maxsus qabulxonaga joylashtirish to‘g‘risidagi sud qarori chiqarilgunga qadar profilaktika inspektorlari tomonidan punktga olib kelingan va ushbu punktda ushlab turilgani maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsmanning talabnomasi kiritildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining maʼlum qilishicha, talabnoma asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, bir nafar profilaktika inspektoriga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Yana ikki nafar profilaktika inspektorining javobgarlik masalasini Intizomiy kengashda ko‘rib chiqish belgilangan.
Shuningdek, to‘plangan hujjatlar tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Nukus tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






