Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
O‘zbekiston va Malayziya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
22 Yan
Joriy yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Seri Mohd Hishamudin Md Yunus bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi (SUHAKAM)ning komissarlari ham onlayn ravishda ishtirok etdi.
Osiyo–Tinch okeani forumi ishtirokchi davlatlari o‘zaro tajriba almashishdi
21 Yan
2026 yilning 21 yanvar kuni Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning Osiyo–Tinch okeani forumi hamda Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar gender strategiyasi” mavzusida xalqaro tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Malayziya inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
20 Yan
Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya Malayziya Parlamenti a’zosi, O‘zbekiston–Malayziya do‘stlik guruhining raisi Dr. Kelvin Yi Li bilan uchrashdi.
Komissiya yig‘ilishida Ombudsmanning 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi muhokama qilindi
16 Yan
2026 yilning 16 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ombudsman huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yosh, fidoyi … Saidbek Azimov xotirasiga
05 Yan
2010-2023 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatida turli lavozimlarda ishlagan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida faoliyat yuritib qilib kelgan Saidbek Azimovning bevaqt vafoti qalblarimizni chuqur qayg'uga soldi.
“Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasi g‘oliblari taqdirlandi
24 Dek
2025 yil 24 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlis Senati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasining yakuniy II bosqichi o‘tkazildi. Mazkur viktorina 3 dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni va 10 dekabr — Inson huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan.
Ombudsman maktabi: hududlarda huquqiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
22 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Ahamiyatli tomoni, loyiha doirasida sayyor qabullar ham o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlarini tegishli idoralar ishtirokida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Jizzaxda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi
18 Dek
2025 yil 17 dekabr kuni Jizzax shahrida aholining huquqiy madaniyati va xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Ombudsmanlar hamkorligi natijasida Rossiyadagi 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jazo bekor qilindi
16 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning joriy yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida har ikki davlat ombudsmanlari ishtirokida hamyurtlarimizning muammolarini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida fuqarolarimiz uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Ombudsmanning “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida 80 nafarga yaqin zo‘ravonlikka uchragan ayollarga manzilli yordam ko‘rsatildi
15 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan joriy yilning noyabr–dekabr oylarida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy, ijtimoiy va psixologik himoyasini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Uzbekiston Konstitutsiyasi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: o‘zaro uyg‘unlik va muvofiqlik
12 Dek
2025 yil 12 dekabr kuni soat 10:00 da Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda, BMTning Taraqqiyot Dasturi ko‘magida “O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: o‘zaro uyg‘unlik va muvofiqlik” mavzusida davra suhbatı o‘tkazildi.
Inson huquq va erkinliklari bo‘yicha interaktiv darslar: “Ombudsman soati” orqali 1100 dan ortiq o‘quvchi qamrab olindi
11 Dek
O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini kengaytirish, inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari mamlakat miqyosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Navbatdagi darslarda 1100 dan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi