Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
GANHRI tavsiyalari muhokama qilinib, keyingi qadamlar belgilab olindi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan seminar-treningning ikkinchi kunida Ombudsman institutining byudjet jarayoni, strategik rivojlanish rejasi, tashkiliy tuzilmasi, hududlardagi faoliyati hamda institutsional salohiyati bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan akkreditatsiya jarayonining asosiy talablari yuzasidan savol-javob va fikr almashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirning amaliy qismida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda ish olib borib, SCA tavsiyalarini amalga oshirish hamda Ombudsman institutining xalqaro maqomini oshirishga qaratilgan keyingi qadamlar bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqdilar. Unda institutsional mustaqillikni kuchaytirish, faoliyat samaradorligini oshirish va GANHRI doirasidagi akkreditatsiya maqomini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati