Mazkur uchrashuv Osiyo taraqqiyot bankining “COVID-19 pandemiyasidan keyingi Markaziy va G‘arbiy Osiyo mamlakatlarida gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi javob mexanizmlarini mustahkamlash” texnik ko‘mak loyihasi doirasida tashkil etildi.
Muloqot davomida mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Ombudsman tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan ishlar haqida so‘z bordi. Xususan, “Tenglik va hurmat” platformasi, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, shuningdek, aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini taʼminlash hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati






