2023 yil 14 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F. Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi. Uchrashuvda YEXHT DIIHB delegatsiyasi aʼzolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Ombudsman Kotibiyati va Markaz xodimlari ishtirok etishdi.