Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentda “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida “Huquqiy yordam ko‘prigi” tadbiri o‘tkazildi
2025 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida navbatdagi "Huquqiy yordam ko‘prigi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Toshkent shahar bo‘limida tashkil etildi.

Ushbu bo‘limda hozirda farzandlari bilan birga 11 nafar ayol yashamoqda. Ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ruhiy holatini barqarorlashtirish hamda ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tadbirda Ombudsman devoni xodimlari, uning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi, shuningdek “Dialog” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari va psixologlar ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi, mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida tushuntirildi. Shu bilan birga, zo‘ravonlik holatlarining sabablari atroflicha muhokama qilindi. Ayollar bilan suhbatlarda bugungacha ko‘proq jabrlanuvchilarga eʼtibor qaratilgani, ammo zo‘ravonlarni ham tartibga chaqirish va ular bilan ishlash zarurligi alohida taʼkidlandi.

Psixologlar tomonidan ayollarga terapiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida ular bilan alohida ishlandi.

“Tenglik va hurmat” platformasi doirasidagi “Huquqiy yordam ko‘prigi” tadbirlari respublika bo‘ylab tizimli ravishda o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari