Dastlab, tadbirda yoshlarga mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi va qonunchilik asoslari, Yoshlar parlamentining qonun ijodkorligi va parlament nazoratidagi ishtiroki, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot jarayonida yoshlarning Ombudsmanga murojaatlari, ular tomonidan bildirigan taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi va tegishli sohalar vakillaridan javoblar olishdi.
400 nafardan ortiq yosh qamrab olingan tadbirda talabalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish masalalariga alohida urg‘u qaratildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.