Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli qo‘mitalari tomonidan berilgan tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatda o‘zaro axborot almashish va hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati