Jumladan, Ombudsman YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori o‘rinbosari Tea Jaliashvili bilan muloqot qildi. Uchrashuvda inson huquqlarini himoya qilish borasidagi kelgusidagi hamkorlik va tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, Ombudsman Qozog‘iston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili Artur Lastayev bilan ham uchrashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati