Tashrif doirasida talabalar Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni, shuningdek, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Talabalar uchun Devon binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, murojaatlar bilan ishlash, xalqaro hamkorlik, qiynoq holatlarini oldini olish, monitoring tahlil bo‘yicha bo‘limlar ish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.
Shuningdek, uchrashuvda Ombudsman qoshida tuzilgan “Ombudsman klubi” faoliyati haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu klubga a’zo bo‘lgan talabalar o‘qishdan tashqari vaqtlarda Ombudsman Devonida nazariy bilimlarini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish sohasida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda inson huquqlarini himoya qilish tizimidagi institut faoliyati haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati