O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari hamda inson huquqlari sohasidagi ekspertlar ishtirok etdilar.
Sayd-iventda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tadbirda gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish, “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” dasturini amalga oshirish, davlat siyosatida gender masalalarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani hamda BMTning “Beijing+30” va YEXHTning “Gender Action Plan” tashabbuslari doirasida xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur sayd-ivent O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat oldida gender tengligini taʼminlash, ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish borasidagi qatʼiy siyosati va ochiq muloqotga tayyorligini namoyon etdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati