Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
“Yashil makon”: Ozodlikka ishora yoxud yangi hayot sari qadam
14 Mar
2025-yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda 40-son manzil-koloniyasi rahbariyati tashabbusi bilan muhim ekologik tadbir o‘tkazildi.
Senat qo‘mitalarida Ombudsmanning 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi
13 Mar
2025-yil 12-13 mart kunlari Ombudsmanning 2024 yildagi faoliyati haqidagi ma’ruza Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisida, shuningdek, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi hamda Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitalari majlisida dastlabki ravishda ko‘rib chiqildi.
Ombudsman va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligi mustahkamlanmoqda
12 Mar
2025-yil 12-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi O.Fisher bilan uchrashdi.
Respublikaning chekka hududlarida “Ombudsman maktabi” tadbirlari va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
12 Mar
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Mazkur tadbir doirasida fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, ular murojaatlari qabul qilinmoqda.
O‘quvchilarga ekologik huquq va majburiyatlarini anglashga qaratilgan muhim ko‘nikmalar berilmoqda
11 Mar
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ombudsman soati" loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Namangandagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayollar 8-mart bayrami bilan tabriklandi
07 Mar
7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Namangandagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Uychi tumanida joylashgan 6-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 17 nafar ayol kirib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklandi. Hibsxona rahbariyati hamkorligida ularga gul va kitoblar sovg‘a qilindi.
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi
05 Mar
2025-yil 5-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-kurs talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu sayyor o‘quv darsida ular Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.
Ombudsmanning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi Senatning qo‘mita majlisida ko‘rib chiqildi
05 Mar
2025-yilning 5-mart kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi ko‘rib chiqildi.
Talabalar bilan uchrashuv: O‘zbekiston va Finlyandiya Ombudsmanlari tajribasi
04 Mar
2025 yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. "Inson huquqlarini taʼminlashda Ombudsman institutining roli: O‘zbekiston va Finlyandiya tajribasi" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida xorijiy ekspertlar – Finlyandiya Adliya kansleri o‘rinbosari Mikko Pumalaynen va Xelsinki universiteti huzuridagi “Huquq ustuvorligi” markazi direktori Tuiya Braks spiker sifatida ishtirok etdilar. Ular  talabalarga inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘z tajribalari, xalqaro hamkorlik hamda inson huquqlari sohasidagi zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot berishdi.
Ombudsman devoni xodimlari uchun seminar-trening o'tkazildi
03 Mar
2025-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Ombudsman Devoni xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Ombudsman va Latviya elchisi inson huquqlari yo‘nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
03 Mar
2025-yilning 3-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.
Samarqandda “Ombudsman bog‘i” barpo etildi
28 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti tashkil etilganiga 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Toza va qulay atrof-muhit – inson huquqlarini ta’minlash kafolati” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Samarqand viloyatiga tashrif buyurildi.