2023 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) jamoalari “Yashil makon” umummilliy aksiyasiga qo‘shilishdi. Ombudsmanlar boshchiligida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasidagi bo‘sh yer maydoniga 100 tadan ortiq mevali daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etildi. Ushbu aksiyada Toshkent davlat yuridik universitetidagi “Ombudsman klubi” aʼzolari hamda jamoatchilik vakillari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.