Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
2025 yil 28 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy komissiya aʼzosi — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Qayd etish lozimki, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyaning 2025 yil 16 apreldagi yig‘ilishida Milliy komissiya aʼzolari hududlarga biriktirilgan, jumladan Ombudsman Navoiy viloyatiga biriktirilgan edi.

Yig‘ilishda 2025 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, sohadagi dolzarb masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Taʼkidlanishicha, Navoiy viloyatida joriy yilning 9 oyi davomida odam savdosi va munosib mehnat masalalari bo‘yicha 12 ta yig‘ilish o‘tkazilib, aholi, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida 480 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan. Ularda 7,5 mingdan ziyod fuqarolar ishtirok etgan.

Tadbirda hududiy komissiya va uning tarkibidagi kichik komissiyalar barcha shahar, tuman hududiy komissiyalarining ishini tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan qator choralar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati