Uchrashuvda “Ombudsman klubi” a’zolari darsdan keyingi amaliyot davomida qonunchilik tahlili, murojaatlar bilan ishlash, monitoring tashriflarida ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda ko‘nikmalarni egallashi uchun imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yildan buyon TDYU talabalaridan 250 dan ortiq ariza Ombudsman klubiga a’zolik uchun kelib tushgan, qariyb 150 nafar talaba butun o‘quv yili davomida Ombusmanda amaliyot o‘tib, nazariy bilimlarini mustahkamlab, muayyan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan. Hozirga qadar Ombudsman klubining 5 nafar faol a’zosi ishga olingan.
Davra suhbati savol-javoblarga boy, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili talabalar bergan savollarga batafsil javob berdi. Ushbu muloqot orqali ishtirokchilar Ombudsmanning vakolatlari, unga kelib tushayotgan murojaatlar hamda inson huquqlarini kafolatlash borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






