Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022-yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 25-mart kuni viloyatning chekka hududlaridan biri hisoblangan Olot tumanidagi “Xalifa”, “Bunyodkor”, “Ma’rifat” va “Xalqobod” MFYlarida o‘tkazildi.