Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qo‘mita majlisida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ishlar sarhisob qilindi
Senatning Yoshlar, hotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil nomiga 26 372 ta murojaat kelib tushgan.

2025 yilda 194 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 36 ta taqdimnoma, 24 ta xulosa, 12 ta talabnoma, 4 ta ogohlantirish hamda 118 ta ariza va da’vo arizalari kiritilgan. Ularning 82 foizi ijobiy hal etilgan.

Ombudsman va jamoatchilik guruhlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga 954 ta monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Hotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida 2025 yilda “Tenglik va hurmat” platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma doirasida ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markazlarida tadbirlar o‘tkazildi, zo‘ravonlikka uchragan 150 nafardan ortiq ayollar bilan jamoaviy va individual suhbatlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab 124 ta shahar va tumanda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida 4,7 mingdan ortiq chiqishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Majlisda inson huquqlarini himoya qilish sohasida jamoatchilik institutlari va davlat organlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda parlament nazoratini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning qarori qabul qilindi.