Navbatdagi ochiq muloqotlar Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Andijon, Navoiy, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Dastlab, murojaatlar tahlil qilinib, har bir hudud uchun dolzarb masalalar aniqlandi va tegishli mas’ul idora vakillari jalb etildi.
“Ombudsman maktabi” tadbirlarida jami 1000 nafardan ortiq fuqarolar qamrab olindi. Xususan, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi "Sharq guli", "Navro‘z", "O‘zbekiston", "Navbahor", "Madaniyat" va "Kayran", Sariosiyo tumanidagi "Konchilar", "Feruz", "Madankon", Uzun tumanidagi "Chinor", “Serharakat”, “Sahovat”, “Mustaqillik”, “Kichik jon chekka”, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi “Berdoli”, “O‘zbekiston”, “Obod”, Ko‘kdala tumanidagi “Harduri”, Qarshi shahridagi “Mag‘zon” mahallalari, Xorazm viloyati, “Turkmanlar” mahallasi, Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi “Namuna” va “So‘fiqishloq” mahallalari, Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi “Chinor” va “Ziyokor” va boshqa mahallalarda yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Ushbu uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlikning oldini olish, mehnat munosabatlari va mehnat migratsiyasi jarayonlarini huquqiy tartibga solish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
“Ombudsman maktabi” tadbirlaridan so‘ng Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillarining sayyor qabullari ham o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro viloyati, Buxoro davlat universiteti, Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalari” markazi, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Qarshi xalqaro universiteti, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda talabalarga yoshlarga oid davlat siyosati va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirish berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






