O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Feruza Eshmatova Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimiga tavsiya etildi.
Majlisda deputatlar savol-javob, muhokamalardan so‘ng Feruza Eshmatova nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






