Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman soati”: inson huquqlari bo‘yicha interaktiv darslar o‘tkazilmoqda
O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda inson huquq va erkinliklari sohasidagi bilimlarini kengaytirishga qaratilgan “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari respublika bo‘yicha ko‘plab maktablarda o‘tkazildi. Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo, Navoiy, Sirdaryo, Namangan, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan navbatdagi darslarda 1000 nafardan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.

Darslar Xorazm viloyati Urganch shahridagi 7-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi, Buxoro viloyati Kogon va Peshku tumanlaridagi 4- va 31-sonli, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi 24- va 3-sonli, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 13-sonli, Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 8-, 11-, 12 va 19-sonli, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi 1-sonli, Guliston shahridagi 18- va 4-sonli, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 12- hamda 4-sonli, Namangan viloyati Namangan tumanidagi 3-, 30-, 13- va 5-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida hamda Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 291-maktabda tashkil etildi.

Darslar jonli muloqot shaklida o‘tib, unda o‘quvchilar raqamli muhitda o‘zini himoya qilish, kiberbullingdan saqlanish usullari, insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari, majburiyatlari haqida turli keyslar  orqali bilimlarini mustahkamladilar.

Shuningdek, o‘quvchilar atrof-muhitni asrash haqidagi videomateriallarni ko‘rib, Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari bilan birgalikda fikr almashdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati