Tashrif davomida talabalar Ombudsmanning ustuvor faoliyat yo‘nalishlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda olib boriladigan monitoring tashriflari, “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi” hamda “Shahsiy erkinlik va dahlsizlik huquqi” haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Shuningdek, talabalar uchun Devon binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Unda ular murojaatlar bilan ishlash, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qiynoq holatlarining oldini olish hamda monitoring va tahlil yo‘nalishlaridagi bo‘limlarning ish jarayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida Ombudsman huzurida tashkil etilgan “Ombudsman klubi” faoliyati haqida ham atroflicha ma’lumot taqdim etildi. Mazkur klub a’zolari darsdan bo‘sh vaqtlarida Ombudsman Devonida o‘z nazariy bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amaliy ko‘nikma va tajriba orttirish imkoniga ega ekanliklari ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda inson huquqlarini himoya qilish tizimida mazkur institutning o‘rni va faoliyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






