Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruza fraksiyalar yig‘ilishlarida muhokama qilindi
2026 yil 9 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zLiDeP fraksiyalari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, 2025 yilda Ombudsman nomiga 26372 ta kelib murojaat yuborilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘pdir. Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Qashqadaryo viloyati, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatiga, eng kam murojaatlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va  va Sirdaryo viloyatigan to‘g‘ri keladi. Murojaatlarni o‘rganish va amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijasida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunbuzilishlar, ularga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va idoralari, ularning mansabdor shaxslariga 194 ta taqdimnoma, talabnoma, ogohlantirish, ariza va daʼvo arizalari hamda xulosa shaklidagi taʼsir choralari kiritilgan.

Ombudsman tomonidan fuqarolarning 263 million so‘mdan ortiq noreal qarzdorliklari bekor qilindi. 57 nafar fuqaroning mehnat faoliyati bilan bog‘liq huquqlari tiklandi. 118 nafar inson huquqlarini buzgan davlat tashkilotlari masʼullari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirishga hamda uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Munozaralar davomida fraksiyalar aʼzolari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar olinib, Ombudsmanning 2025 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi maʼqullandi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati