Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryoda Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
02 Okt
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 
Xorazmdagi 11-son tergov hibsxonasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda 3 nafar shaxsga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish tavsiya qilindi
30 Sen
2024 yilning 27 sentyabr kuni Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda hibsxonada saqlanayotgan 150 nafardan ortiq shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ombudsmanning fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi?
30 Sen
2024-yilning 30-sentabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Namangandagi Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
27 Sen
Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan viloyat Ruhiy asab-kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini o‘tkazdi. Unda jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi. 
Sirdaryodagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
27 Sen
2024 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Yangiyer “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Qoraqalpog‘istondagi manzil-koloniyada saqlanuvchi salkam 250 nafar mahkumga tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosa berildi
27 Sen
Joriy yilning 25 sentyabr kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi  mintaqaviy vakili Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan 27-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirib, mahkum va mahkumalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Ayollar koloniyasidagi mahkumalar uchun sayyor qabul tashkil etildi
27 Sen
2024 yil 24 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov 21-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Buxoroning Kogon shahrida yashovchi fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat yuborishgan?
26 Sen
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda viloyatlar kesimida tahlil qilinib, aholini tashvishga solayotgan masalalar tanlab olinadi. Buxoro viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlili, ushbu hudud uchun ijtimoiy yordam olish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari dolzarb ekanini ko‘rsatdi.
Bektemir tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
25 Sen
2024 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot uchun Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili asosida mavzu tanlanib, tegishli tashkilotlar jalb etildi.