Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX-yig‘ilishi o‘tkazildi
09 Okt
Jamiyatni raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashinuvi. 2024-yilning 9-oktabr kuni o‘tkazilgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX–yig‘ilishi ushbu mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov onlayn shaklda ishtirok etdi.
Tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan ayollarning ish joyi saqlanishi lozim
09 Okt
Ombudsmanga murojaat: “Tug‘ruq taʼtilidan so‘ng meni tug‘ruq taʼtiliga ketgan boshqa xodimning o‘rniga ishga qo‘yishdi. U ishga qaytgandan so‘ng esa meni ishdan noqonuniy bo‘shatib yuborishdi. Nima qilay?
Senat qo‘mitasi majlisida Ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi yangi tahrirdagi qonun muhokama qilindi
08 Okt
Joriy yilning 8 oktyabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
“Ombudsman klubi” aʼzolari Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati bilan tanishdi
08 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2021 yildan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda. 2023 yilda imzolangan memorandum doirasida mazkur universitetda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.
Qashqadaryo viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
07 Okt
2024 yil 3 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhi aʼzolari Qashqadaryo viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashrifini amalga oshirishdi. Dastlab, Qarshi shahrida joylashgan 2-son jazoni ijro etish koloniyasidagi sharoitlar o‘rganildi.
Mahkumlar o‘z qiziqishi bo‘yicha kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
05 Okt
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.
Ombudsman Polshada hamyurtlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
05 Okt
2024-yil 5-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Polshada yashab ishlayotgan, o‘qiyotgan talaba-yoshlar, shu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkor hamyurtlarimiz ishtirok etishdi.
Polshaning Varshava shahrida insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
05 Okt
Hozirda Polshaning Varshava shahrida YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamkorligida insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda YEXHTning inson xavfsizligi o‘lchovi doirasida qabul qilingan barcha majburiyatlarning bajarilishi holati bo‘yicha muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Iqlim o‘zgarishi va inson huquqlari: Ombudsmanlar va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining roli
03 Okt
2024-yilning 2-3 oktabr kunlari Ozarbayjan Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan Baku shahrida “Iqlim o‘zgarishi va inson huquqlari: Ombudsmanlar va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimonov ishtirok etdi.