Shundan kelib chiqib, mintaqaviy vakil tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Unda hibsxonada saqlanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, voyaga yetmaganlar, surunkali kasalligi bo‘yicha dispanser kuzatuviga olinganlar hamda sog‘ligidan shikoyat qilgan jami 60 nafarga yaqin shaxslar tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikka Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 15 nafarga yaqin tor doiradagi malakali mutaxassislar, jumladan, terapevt, onkolog, ginekolog, psixiatr, kardiolog, pediatr, okulist, dermataviniriolog, xirurg, stomatolog, otolaringolog kabi shifokorlar guruhi jalb etildi. Shuningdek, mahbuslar qon tahlillari va ultratovush tekshiruvi (UTT) uskunasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati