Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Podrobno.uz saytida chop etilgan kompensatsiya to‘lanmaganiga oid xabar yuzasidan munosabat
2025-yil 5-may kuni Podrobno.uz saytida “Инвалид из Карши доверился властям и остался без жилья и компенсации” nomli xabar sarlavhasi ostidagi xabar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nazoratiga olindi va o‘rganilmoqda.

Ushbu xabarda Qarshi shahrida yashovchi, 1-guruh nogironi bo‘lgan fuqaroga tegishli bo‘lgan uy-joy 2021-yilda avariya holatida deb topilib, buzilgani va 2022-yil iyun oyida sud qarori bilan 200 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lash belgilanganiga qaramay, ushbu to‘lov hanuzgacha amalga oshirilmagani qayd etilgan. Murojaatchining taʼkidlashicha, u bir necha bor tegishli idoralarga murojaat qilgan, ammo turli bahonalar bilan masala hal etilmasdan kelinayotganligini bildirgan.

O‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati