Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tahlil va ochiq muloqot: Surxondaryoda aholi murojaatlari asosida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan 2024 yil davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar yuborilgan uchta hududdan biri — Surxondaryo viloyati hisoblanadi. Jumladan, ushbu hududdan 2117 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, eng ko‘p murojaatlar yaʼni 308 tasi Denov tumani fuqarolari tomonidan yo‘llangan. Ularda asosan turar joy, kommunal xizmatlar, yoshlar va ayollar bandligi, mulkiy nizolar va firibgarlik holatlari ko‘tarilgan.

Ana shu tahlillar asosida 2025 yil 5 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish orqali murojaatlar sonini kamaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Mehr-oqibat”, “To‘palang”, “Zarafshon”, “O‘rikzor”, “Bobir”, “Cho‘ntosh”, “Ozod”, “Guliston”, “Lolazor” va “Bog‘inav” mahallalaridan jami 250 nafar fuqaro ishtirok etgan ochiq muloqotda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, uy-joy bilan taʼminlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi hamda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar chog‘ida Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati