Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi manzil-koloniyada saqlanayotgan mahkumlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
06 Apr
Joriy yilning 3 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 27-son Manzil-koloniyasida Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda  mahkum va mahkumalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik jarayonlarini “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi Nukus bo‘limi vakillari va OAV ham kuzatib borishdi.
Ombudsmanga murojaat qilgan mahkum sud zalidan ozodlikka chiqarildi
05 Apr
Maʼlumki Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirib, mahkum va mahbuslar murojaatlarini ham o‘rganishadi.
Yana bir fuqaro ishga tiklandi va ish beruvchidan majburiy progul uchun ish haqi va maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi – Ombudsman
05 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalovga boquvchisini yo‘qotgan va 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ona ishga tiklash bo‘yicha murojaat qildi.
Yalpi majlis oldidan qonunlar dastlabki tarzda muhokama etildi
04 Apr
2023-yilning 4-aprel kuni Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita aʼzolari, ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
2022 yilda Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan ta’sir choralari 33,8 foizga oshgan
04 Apr
Bugun, 4-aprel kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda navbatdagi yalpi majlis kun tartibi doirasida ko'rib chiqilishi nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va bir qator qonunlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sudlangan 44 nafar shaxslarning oila aʼzolari tomonidan yuborilgan murojaat ijobiy hal etildi
03 Apr
Avval xabar berganimizdek, Mustaqil komissiyaga 22 va 39 nafar shaxslarning oila aʼzolari va yaqinlari sudlanganlar bilan qo‘shimcha qisqa muddatli uchrashuvlarni tashkil etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyasining 2022-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi
31 Mar
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamraisining 2022-yilda amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.
Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rganildi
31 Mar
Joriy yilning 25-29 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Navoiy viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Unda “Huquqiy tayanch”, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari ishtirok etishdi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaatlar qilishdi?
31 Mar
2023 yilning 31 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.