Uchrashuvda akademiyada "Ombudsman klubi"ni tashkil etishga kelishib olindi. Yangi klub aʼzolari darsdan so‘ng Ombudsman instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash, murojaatlarni o‘rganish va qabul jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu talabalarga inson huquqlarini himoya qilish borasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Shuningdek, Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Kolenko muassasada joriy etilgan yuridik klinika faoliyatiga alohida to‘xtalib, ushbu yuridik klinika doirasida ham birgalikda hamkorlik qilishni tavsiya qildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi. Ombudsman talabalarning savollariga batafsil javob berib, inson huquqlarini kafolatlash borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilar bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazish taklifini bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati