Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakil tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbirlar “Vatan”, “Hayot”, “Istiqlol” va “Orzu” mahallalarida o‘tkazildi.
Uchrashuvda masʼul idora vakillari ishtirok etib, fuqarolarni bandlik masalalari, zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ijtimoiy xizmatlar, mahalla instituti faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” vazifalari haqida tushuntirishlar berdi. Shuningdek, fuqarolar bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar chog‘ida Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mintaqaviy vakil hamda sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati