Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
2025-yilning 25-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda fuqarolar sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam, pensiya, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash, firibgarlik, sud-huquq va tergov jarayonlariga oid hamda oilaviy va mulkiy masalalarda murojaatlarini qoldirishdi.

Ushbu murojaatlar nazoratga olinib, ularni o‘rganishga kirishildi. Fuqarolar muammolarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti hamda ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari