Kuni kecha ushbu koloniyaga qayta monitoring tashrifi amalga oshirildi va aniqlangan kamchiliklar normativ hujjatlarga muvofiq bartaraf etilganligi aniqlandi.
Monitoring tashrifi davomida foydali mehnatga jalb qilingan mahkumlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ular fikrlari o‘rganildi.
Monitoringda mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, kutubxona va mehnat sharoitlari, shuningdek, koloniyada tashkil etilgan monomarkazlar faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, koloniya hududidagi "Ombudsman qutisi" ham ko‘zdan kechirilib, unga kelib tushgan murojaatlar nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati