Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkum va mahbuslar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilmoqda?
Toshkent viloyatidagi 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan bir mahkum yolg‘iz va boquvchisiz qolgan onasining og‘ir ahvolidan xabar topgach, Ombudsmanga murojaat qildi.

Ushbu murojaat Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va mahalla mas’ul xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Natijada ta’mirtalab, isitish tizimi eskirgan uyda yolg‘iz yashayotgan mahkumning onasiga "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 7 million so‘m ajratildi va hozirda uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan ikki nafar mahbus oilasining uchrashuvga kelishga sharoiti yo‘qligini bildirib, telefon orqali muloqot qilish uchun yordam so‘radi. Ombudsman tegishli sud organlariga iltimosnoma kiritishi natijasida mahbuslar murojaatlari ijobiy hal etildi.

Toshkent viloyatidagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini  o‘tayotgan mahkuma "Ombudsman qutisi" orqali murojaat qilib, nogironligi bo‘lgan farzandini parvarish qilayotgan turmush o‘rtog‘i uchun parvarish nafaqasi belgilanishida amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi bilan o‘rganilib, mahkumaning turmush o‘rtog‘iga nafaqa rasmiylashtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari