O‘quv yili yakunlanib borayotgan pallada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 39-sonli va Kegeyli tumanidagi 1 va 55-sonli, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 13-sonli, Oqoltin tumanidagi 17-sonli, Sirdaryo tumanidagi 4 va 7-sonli, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 14, 20, 21 va 25-sonli hamda Navbahor tumanidagi 9, 10, 26 va 30-sonli, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 93-sonli, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 324-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablari, shuningdek, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 41-sonli hamda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 3 va 72-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarida “Ombudsman soati” darslari tashkil etildi.
Erkin muloqot shaklida o‘tgan darslarda yuqori sinf o‘quvchilariga raqamli dunyoda himoyalanish yo‘llari, kiberbulling, inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik huquq va majburiyatlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarga tabiatni asramasdan inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash mumkin emasligi haqida videoroliklar asosida interaktiv usulda maʼlumotlar berildi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘zaro savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati