Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar murojaatlari qabul qilindi
11 Noy
2024 yilning 6 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Maktablarda o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda
11 Noy
Toshkent shahridagi 327-sonli, Namangan viloyatidagi 26 va 39-sonli, Buxoro viloyatidagi 32-sonli, Navoiy viloyatidagi 3, 11 va 27-sonli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot  tumanidagi 35 va 41-sonli umumtaʼlim maktablari hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ombudsman soat”lari tashkil etildi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari haqida bilasizmi?
08 Noy
Hozirda har qanday tashkilotga uydan chiqmay turib, elektron murojaat qilish mumkin. Lekin, baʼzi fuqarolar murojaat qilishning anʼanaviy usulini, yaʼni yuzma-yuz o‘tirib muammolarini gapirib berishni afzal ko‘rishadi. Muammo yo‘q. Agar inson huquqlarini buzilishiga oid biror bir shikoyatingiz bo‘lsa, Ombudsman murojaatlaringizni fuqarolar qabuli orqali qabul qilishi mumkin.
Ombudsman boshchiligida Buxorodagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigann yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
08 Noy
2024-yil 7-8 noyabr kunlari Ombudsman boshchiligida uning huzuridagi Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha MPM doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhlari a’zolari tomonidan Buxorodagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jarayonlarda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
06 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) aholi murojaatlarini fuqarolar qabuli, sayyor qabullar, pochta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, www.pm.gov.uz internet portali, ombudsman.uz sayti va mobil ilovasi hamda “Ombudsman quti”lari orqali qabul qilmoqda. Murojaat mazmunidan kelib chiqib, o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. 
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda va ijobiy yechim topmoqda
05 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar xolisona ko‘rib chiqilib, lozim hollarda joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Natijada fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi S.G. 2024 yil aprel oyida mehnat taʼtiliga chiqqan bo‘lsa-da, tibbiyot birlashmasidan mehnat taʼtili pulini olishda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili tomonidan nazoratga olinib, prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaro S.G.ning 10 mln so‘mga yaqin mehnat taʼtili puli undirib berildi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
02 Noy
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda hududlar kesimida tahlil qilinib, aholini tashvishga solayotgan masalalar tanlab olinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan yuborilgan murojaatlar tahlili, ushbu hudud uchun ijtimoiy yordam olish hamda aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish masalalari dolzarb ekanini ko‘rsatdi.
Aholi murojaatlari asosida Xorazmda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
01 Noy
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  O‘zaro muloqot platformasiga aylangan «Ombudsman maktabi» tadbirlari doirasida fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, ular murojaatlari qabul qilinmoqda. Muhimi, aholiga uni qiynayotgan masala tegishli davlat organlari vakillariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu vaqtning o‘zida murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Buxoroda mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilandi
01 Noy
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Huseynova 17-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.