Bundan 35 yil muqaddam qabul qilingan bayrog‘imiz xalqimizning boy tarixi, buguni va buyuk kelajagiga bo‘lgan ishonchi, tinchlik, osoyishtalik va farovonlikka intilishini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Undagi har bir rang va timsol xalqimizning milliy qadriyatlari, ezgu maqsadlari, porloq kelajakka bo‘lgan umid va ishonchining ifodasidir.
Faxr va iftixor ramzi bo‘lgan Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i doimo yuksaklarda hilpirab, xalqaro maydonlarda mamlakatimizning shon-shuhratini yanada oshirsin!
Barchamizga ushbu qutlug‘ sana muborak bo‘lsin!






