Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoqlarni oldini olish borasida Parlament va Ombudsman hamkorligi
26 Apr
2024-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarining insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risida"gi axboroti eshitildi.
«Ombudsman maktabi” loyihasi Qoraqalpog‘istonda
25 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xotini va o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ota ustidan Ombudsmanga murojaat yo‘llandi
24 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zo‘ravonlik qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Inklyuziv nogironlik va gender-sezgir muloqot masalalari muhokama qilindi
23 Apr
2024-yilning 23-24 aprel kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Inklyuziv nogironlik va gender-sezgir muloqot” mavzusida seminar o‘tkazildi. 
Tabiatni asrash uchun barchamiz burchlimiz!
20 Apr
Hozirda atmosferaning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar barchani birdek tashvishga solmoqda.
Finlyandiyadagi qamoqxonalarda mahkumlarga qanday sharoitlar yaratilgan?
20 Apr
2024 yilning 19 aprel kuni Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi hamda Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo Ombudsmanlari uchun tashkil etilgan tadbir doirasida Ombudsmanlar Adliya kansleri ofisiga tashrif buyurishdi. Ushbu institut Finlyandiyada 100 yildan ortiq faoliyat olib borayotgan Ombudsman institutidan ham oldin paydo bo‘lgan qadimiy institutdir.
Maktablarda o‘tkazilayotgan 
19 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab  o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan  “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining Inson huquqlari bo‘yicha vakillari Finlyandiya Parlamenti, Ombudsmani, Oliy maʼmuriy sudi va Bosh prokuraturasi faoliyati bilan tanishishdi
19 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Finlyandiyaga xizmat safari doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Angliya va Uyels Yuridik jamiyati vakillari Ombudsman instituti faoliyati bilan tanishdi
18 Apr
2024-yilning 18-aprel kuni Angliya va Uyels Yuridik jamiyati vakillari Debra Long va Triona Lenihan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ofisiga tashrif buyurishdi. Hozirda Finlyandiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova uchrashuvda onlayn shaklda ishtirok etdi.