Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman aralashuvidan so‘ng ishchilarning qariyb 850 mln so‘m ish haqlari to‘liq undirildi
07 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga bir guruh fuqarolar tomonidan ularning ish haqlari asossiz to‘lanmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.
Ombudsman ilk bor yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritdi
06 Avg
Qayd etish joizki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Oliy Majlis Senati, Markaziy saylov komissiyasi bilan bir qatorda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlangan. 
Sayyor qabul natijasida hibsxonada nikoh rasmiylashtirildi
05 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov 11-sonli tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Mahkum sog‘lig‘i tufayli o‘talmagan jazo muddatidan ozod qilindi
02 Avg
Xabaringiz bor, joriy yilning 15-iyul kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son Manzil koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi davomida mazkur koloniyadan Qo‘ng‘irot tuman Tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan mahkum  J.Q.ning ahvolidan xabar olib, uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligi bois, shu kunning o‘zida bemor Nukus shahridagi respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga davolanishi uchun yotqizilgan edi.
“Toshturma”dagi holatlar Ombudsman tomonidan o‘rganildi
02 Avg
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Toshturmadan nolalar” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Andijonda navbatdagi “Ombudsman maktabi” tashkil etildi va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
02 Avg
Andijonda fuqarolarning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda Asaka tumanidagi “Amir Temur”, “Qadriyat”, “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Muqumiy”, “Yuksalish”, “Birlik”, “Birdamlik”, “Baynal-Minal” MFY larida yashovchi 100 nafarga yaqin aholi va mahalla faollari ishtirok etishdi.
31 Iyu
2024-yilning 31-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur qonun loyiha Qonunchilik palatasi deputatlari, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, davlat organlari va idoralari, qonun loyihasi bo‘yicha ishchi guruh aʼzolari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Ombudsman qabulida fuqarolar tomonidan qanday masalalar ko‘tarildi?
31 Iyu
Joriy yilning 31-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
O‘ta xavfli residivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
30 Iyu
Joriy yilning 29-iyul kuni generalissimus_uzb telegram kanalida “JIEM va tergov hibsxonalarini prokuratura nazorat qilmay qo‘ydimi yoxud o‘ta xavfli residivist JIEMdan IIV Markaziy tergov hibsxonasiga nega tez-tez chaqirilmoqda” nomli xabar e’lon qilindi. Unda 2010-yilda ozodlikdan mahrum qilingan o‘ta xavfli residivistni 2023-2024 yillarda har oy tergov hibsxonasiga chaqirtirilgani qayd etilgan va holat Ombudsman tomonidan o‘rganilishi so‘ralgan.