Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng, 260 mln so‘m ajratilishi belgilandi
Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 13-son jazoni ijro etish koloniyasida o‘tkazilgan monitoringda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.

Xususan, saqlash kameralari devorlari nuragani, hojatxona va mahkumlarning qisqa muddatli uchrashuv xonasi taʼmirtalab ekani hamda intizomiy bo‘linmadagi videokuzatuv kameralarida sana va vaqt noto‘g‘ri ko‘rsatilayotgani qayd etilgan.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasida intizomiy bo‘linmaga o‘rnatilgan 32 ta videokuzatuv kamerasining sana va vaqt parametrlari qayta sozlandi. Intizomiy bo‘linma hamda qisqa muddatli uchrashuv xonasini joriy taʼmirlash uchun 260 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati