Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi
20 Iyu
2024 yilning 18 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.
Manzil koloniyadan Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga yuborilgan mahkum holidan xabar olindi
19 Iyu
Joriy yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy Qo‘ng‘irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Inson huquqlariga oid trening: BMT mexanizmlari bilan o‘zaro hamkorlik
16 Iyu
2024 yilning 16 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi hamkorligida Ombudsman Kotibiyati xodimlari jumladan, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi. Mazkur seminar  BMTning shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlandi.
Ombudsman so‘roviga asosan Taxiatosh tumanidagi eskirgan Narkologiya dispanseri boshqa hududga ko‘chirildi
16 Iyu
Xabaringiz bor, joriy yil boshida ombudsman.uz saytida “Qoraqalpog‘istondagi narkologik bemorlarga yaratilgan sharoitlar amalda yaxshilanmadi – Ombudsman” sarlavhasi ostida xabar eʼlon qilingan edi. Unda Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Taxiatosh tumani filialida o‘tkazilgan monitoring tashriflarida u yerda saqlanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar belgilangan talablarga javob bermasligi qayd etilgan. Xususan, muassasa binosi to‘liq kapital taʼmirtalab holda bo‘lib, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmaganligi va bemorlarni ochiq havoda sayr qilish maydoni ham talab darajasida emasligi, filialning barcha qavatlaridagi yuvinish xonalarida issiq suv mavjud emasligi, asbob-uskunalarning yaroqsiz holatda ekanligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan.
Fraksiya yig‘ilishlarida yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi
15 Iyu
2024 yilning 15 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyalari yig‘ilishlarida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qibray tumanidagi fuqaroning 51 mln so‘mlik jarimasi bekor qilindi – Ombudsman
15 Iyu
Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga unga qo‘llanilgan jarimani bekor qilishda amaliy yordam so‘radi.  U o‘z murojaatida tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosini belgilanganligini maʼlum qildi.
Qo‘mita aʼzolariga Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili bo‘yicha axborot taqdim qilindi.
13 Iyu
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.