O‘rganish davomida xabarlarda qayd etilgan fuqaro A.O. bilan uchrashilib, holi tarzda suhbatlashildi.
Suhbat davomida fuqaro A.o. xabarlarda qayd etilgan holatlarni tasdiqlab, bu haqida ariza bilan murojaat qildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash boshqarmalaridan xabar yuzasidan zaruriy materiallar so‘rab olindi.
Maʼlum bo‘lishicha, xabarda qayd etilgan holatlar yuzasidan Yakkabog‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan fuqaro A.o.ga nisbatan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan sudga oid sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur xabarda qayd etilgan holat har tomonlama, to‘liq o‘rganilishi yuzasidan Bosh prokuraturaga Ombudsmanning talabnoma shaklidagi taʼsir chorasi kiritilgan.
Ombudsman mazkur holatning keyingi jarayonlarini ham nazorat qilib boradi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Axborot xizmati






