Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson qadri va adolat — Yangi O‘zbekiston islohotlarining bosh mezoni
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillardagi islohotlarning eng muhim natijasini inson hayotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘ladi.

“Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi — bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!”



Davlatimiz rahbari inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalqimiz bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi.

Bu tamoyillar inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlarning ham mazmun-mohiyatini belgilab bermoqda.

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidlab, yurtimiz bo‘ylab unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizni ham samimiy tabrikladi.

“Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman.”


– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida