Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman xodimlari Mustaqillikning 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qator xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Davlat rahbarining 2026 yil 22 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti, inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini oshirish, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlash belgilangan.

Farmonga muvofiq, Ombudsman tizimida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash hamda Ombudsman instituti faoliyati samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar ham ushbu yuksak eʼtirofga sazovor bo‘ldi.Mukofotlanganlar orasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlarining ham borligi Ombudsman jamoasini behad quvontirdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ushbu yuksak eʼtirof — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati