Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda viloyatlar kesimida tahlil qilinib, aholini tashvishga solayotgan masalalar tanlab olinadi. Buxoro viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlili, ushbu hudud uchun ijtimoiy yordam olish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari dolzarb ekanini ko‘rsatdi.