Ombudsmanga taqdim qilingan maʼlumotga ko‘ra, ushbu 0,06 ga yer maydoni fuqaro F.E. 2020 yilda “Elektron-onlayn auksion” orqali sotib olgan. Ahmedova Shaxnoza esa bu joyga o‘zboshimchalik bilan bino qurgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 2024 yil 11 iyundagi hal qiluv qaroriga asosan ushbu qurilish Ahmedovaning hisobidan buzilishi belgilangan.
Demak, mulk huquqlar buzilmagan, aksincha boshqa shaxsning mulk huquqi himoya qilingan.
Jamoatchilikni dezinformatsiya orqali chalg‘itish, sud qarorlari va huquqiy asoslarni inkor qilishga urinish — jamiyatda noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Ombudsman jamoatchilikni har qanday holat yuzasidan rasmiy maʼlumotlar asosida munosabat bildirish, huquqiy hujjatlarga tayanishga chaqiradi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati