Shu sababli, 2024-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan murojaat etish huquqining amalda qanday taʼminlanayotganini o‘rganish maqsadida probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida anonim so‘rovlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Nega aynan probatsiya nazoratidagi shaxslar?
Anonim so‘rovlar jazo muddatini o‘tab, jamiyatga qaytgan, hozirda probatsiya xizmati nazoratida turgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazildi. Bu holat so‘rov natijalarini xolis baholash imkonini yaratadi. Ozodlikka chiqqan shaxslar shaxsiy tajribasiga tayanib, o‘z ko‘rgan-kechirganlarini erkin ifoda qiladi.
2024 yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari hamda Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati hamkorligida barcha hududlardagi 2213 nafar fuqaro ishtirokida so‘rovlar o‘tkazildi. 29 holatda mahkumlar murojaatlarni yuborishda noqulayliklar mavjudligini bildirgan. 30 holatda “Ombudsman qutisi” qulay joyda emasligi yoki videokuzatuv ostida ekani aytib o‘tilgan. Qolgan anonim so‘rov ishtirokchilari esa murojaat etish huquqidan foydalanishda hech qanday to‘siqlar mavjud emasligini maʼlum qilishgan.
Ushbu so‘rov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga Ombudsman xulosasi kiritilgan. Unga muvofiq, “Ombudsman quti”lari joylashgan joylar videokuzatuv kameralaridan xoli hududga ko‘chirib chiqilgani tekshirilgan. Tegishli muassasalarda tushuntirish ishlari olib borilgan hamda 41 ta jazoni ijro etish muassasasida 18 mingdan ortiq mahkum ishtirokida anonim so‘rovlar o‘tkazilgan.
probatsiya nazoratida turgan fuqarolar o‘rtasida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalardagi sharoitlar bo‘yicha anonim so‘rovlar 2025-yilda ham o‘tkazilishi maʼlum qilinadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati