Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Namangandagi tergov hibsxonasida ishlovchi xodim ustidan shikoyat kelib tushdi
02 Iyu
2023 yilning 19 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyev Uychi tumanidagi 6-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Murojaatchiga bepul davolanishi uchun order berildi
01 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi fuqaro M.I. sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 May
Bugun yaʼni 2023 yilning 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulga 30 dan ortiq fuqarolar kelib, o‘z ariza va murojaatlarini qoldirishdi.
Ombudsman mintaqaviy vakili Farg‘onadagi maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi
29 May
2023 yilning 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat SES, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislarini jalb qilgan holda Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maxsus qabulxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili gulistonlik fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
29 May
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Sirdaryo viloyatidagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi 
26 May
Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Unda “Huquqiy tayanch”, “Madad” NNT vakillari, Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Kotibiyat xodimlari ishtirok etishdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari
26 May
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) bilan hamkorlikda 2023 yil 25-26 may kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari» mavzuida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Uy-joydan hissa ajratish bo‘yicha uzoq yillar davomida sarson bo‘lgan fuqaro murojaati Ombudsman yordamida ijobiy hal etildi
24 May
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyati, Forish tumanida yashovchi Z.J. otasidan qolgan meros uy-joydan hissa ajratishda yordam so‘rab tegishli tashkilotlarga qilgan murojaatlari besamara bo‘layotganligi bo‘yicha murojaat qildi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan va hozirda “Saxovat uyi”da yashovchi fuqaroga nafaqa tayinlandi
24 May
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilovga Farg‘ona shahar “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida yashovchi X.S. nafaqa tayinlanishida yordam berish bo‘yicha murojaat qildi.