Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qish mavsumida yopiq muassasalarda saqlanuvchi shaxslarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalardagi sharoitlar, ayniqsa, ularning qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi 2-, 3- JIEK va 5-tergov hibsxonasi hamda Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Amudaryo va Beruniy tumanlari ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonalari, Sirdaryo viloyatidagi Yangiyer, Guliston, Sirdaryo tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari, 40-son manzil-koloniyasi, Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘rg‘on tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi, Toshkent shahridagi 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona hamda 51-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirdi.

O‘rganishlarda ushbu muassalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari, jumladan yotoqxonalar, yuvinish xonalari, ishlab chiqarish ob’yektlari, tibbiyot bo‘limlari, ovqatlanish joylari hamda qishki mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Shuningdek, maxkumlar hamda ularning uzoq muddatli uchrashuvga kelgan oila a’zolari, shuningdek stasionar sharoitda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashildi. 

Monitoringlarda “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar qabul qilinib, mahkum va mahbuslar uchun Ombudsman mintaqaviy vakillarining sayyor qabullari ham tashkil etildi. 

Eslatib o‘tamiz, monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, tegishli  vazirlik va idoralarga tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha Ombudsmanning tavsiyalari kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati